Sehrgar uchun jazo
Hurmatli Ustoz!Sizning qimmatli vaqtingizni olib yana bir savol berishga ijozat bergaysiz.Folbinlik, Sehrgarlik, Munajjimlik qilgan va qildirgan odam kufr ish qilgan bo‘ladi va Janobimiz Muhammad SAV ga nozil bo‘lgan narsadan ayriladi, sizning kitoblaringizni o‘qish davomida Muhammad Mustafo SAV bu kabi shahslarning jazosi zinhor bazinhor oliy darajalarga etisha olmasliklarini habarini bergan ekanlar, ammo shu kabi kishilarning aybi guvohlar va dalillar bilan isbotlansa ularga mahkama tomonidan qanday jazo turi qo‘llaniladi? ular iymondan ajragani yani kofir bo‘lib qolganini tushuntirib tavbaga chaqirgandan so‘ng ham o‘z bilganida qolsa ularga murtadga qo‘llanilgan jazo chorasi ko‘riladimi? Dini islom uchun qilayotgan ishlaringiz bardavom bo‘lishligini Allohdan so‘rab, Abror
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ularga murtadga qaragandek qaralmaydi. O‘sha vaqtning mas’ullari o‘ziga yarasha jazo belgilaydilar va buni ta’zir jazosi deyiladi.
30 Aprel 2022, 13:17 | Savol-javoblar | 194 | Boshqa ibodatlar