O‘tirib uxlaganda
Assalomu alaykum! Kishi tahoratli bo‘lsa, agar biror kitob o‘qiyotib mudroq bossa yoki devorga biror narsaga suyanib uxlasa tahorat buzilmidi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Suyangan narsasi olib tashlansa, yiqilib tushuvchining uyqusi. Ya’ni bir odam bir narsaga suyanib o‘tirgan holida uxlamoqda. Agar o‘sha suyangan narsani olib tashlanganda yiqilib tushsa, tahorati ketgan bo‘ladi. عَنْ عَلِيِّ بْنِ أَبِي طَالِبٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ الْعَيْنُ وِكَاءُ السَّهِ، فَمَنْ نَامَ فَلْيَتَوَضَّأْ رَوَاهُ أَحْمَدُ وَأَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ko‘z ortning bog‘ichidir. Bas, kim uxlasa, tahorat qilsin», dedilar». Imom Ahmad, Abu Dovud va Ibn Moja rivoyat qilishgan. Agar kishi maq’adi – dumbasini bosmay uxlasa, tahorati ketadi. Misol uchun, yonboshlab, chalqancha tushib, erga ko‘ksini berib yoki maq’adini erga bosmagan holda bir narsaga suyanib o‘tirib uxlasa, tahorati ketadi. Agar orqasini erga bosib (ya’ni o‘tirib) yoki ulov ustida uxlasa, tahorat ketmaydi. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ كَانَ أَصْحَابُ رَسُولِ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَنْتَظِرُونَ الْعِشَاءَ الْآخِرَةَ حَتَّى تَخْفِقَ رُؤُوسُهُمْ، ثُمَّ يُصَلُّونَ وَلَا يَتَوَضَّؤُونَ رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari xuftonga intizor bo‘lib o‘tirardilar, xatto (mudroq bosganidan) boshlari egilib ketardi. So‘ng namoz o‘qirdilar. Tahorat qilmasdilar». Imom Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan. Agar bir narsaga suyanib uxlab qolgan bo‘lsa, o‘sha narsani olib yuborilganda yiqilib tushsa, tahorati ketadi. Namozdagi holatlardan birida uxlab qolsa, tahorat ketmaydi. Bunda namozda bo‘lish yoki bo‘lmaslikning farqi yo‘q. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:12 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar