Junub holatda g‘uslsiz namoz o‘qish
Assalomu alaykum! Menga doktor 5 kunda 1 maxal soch yuvish kerak, aks xolda bu menga aks tasir qilib sochim ko‘p miqdorda to‘kilib ketyapti. Xullas junub xolatdan keyin g‘usl qilish sog‘ligim uchun yani sochim uchun jiddiy tasir qilmoqda(sochimni ko‘p yuvsam sochim to‘kilib kal bo‘lib qolarkanman). Junub xolatdan keyin faqat sochimni yuvmasdan qolgan tana a’zolarini xammasini yuvib keyin taxorat olib namoz o‘qisa bo‘ladimi? Bu men uchun juda muxim. Alloh ishingizni rivojini bersin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Doktor bekor aytibdi. Alloh taolo “junub bo‘lgan odam sochini ham yuvsin” deganda zarar qilishi mumkin emas. Sochni quvvatlantiradigan boshqa narsalardan foydalaning. Yuvganingiz sababli sochingiz to‘kilsa ham yuvmaslikka uzr bo‘lolmaydi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 05:25 | Savol-javoblar | 868 | Tahorat