Savdo mollaridan zakot chiqarish!

Assalomu alaikum Shayh Hazratlari! Alloh musulmon ummati uchun qilayotgan barcha hizmatlaringizdan rozi bo‘lsin! Zakot haqida shunday savolim bor:https://islom.uz/’ontent/view/523/106/ web sahifangizdan shu ma’lumotni oldim:Tijorat mollaridan Zakot farz bo‘lishining shartlari ham huddi puldagi shartlarga o‘hshaydi. Ya‘ni, nisobga etishi, bir yil to‘lishi, qarzdan holi bo‘lishi. Hojati asliyadan ortiq bo‘lishi zarur.Shu erdagi: "Bir yil to‘lishi" shartini qanday tushunish mumkin?Masalan, Men ramazonda zakot ajratishni odat qilganman. O‘tgan yili molim va pulimning hisobi 30 Million edi. Ramazondan uch oydan keyin Aylanma kapitalim 32 Million bo‘ldi, yana 3 oydan keyin 34 Million bo‘ldi....... Shunday qilib Bu yil Ramazonda Molim va Pulim hisobi 38 Millionga etdi. Endi men zakotni 30 Milliondan ajratamanmi yoki 38 Milliondanmi? Savolimning nozik tarafi shundaki, 30 Millionga 1 yil to‘lgan, 8 Millionga esa hali 1 yil to‘lmagan. Bir do‘stim 38 Milliondan bersang beripsanda dedi, lekin Men Islomning aniq hukmini bilish uchun sizga shu savolni berishga jazm qildim.Savolimga o‘hshash savolni topa olmadim, aybga buyurmaysiz.Javobingiz uchun oldindan katta rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- 38 milyondan zakot chiqarasiz. Bir yil to‘lishi kerak degani birinchi bor nisobga etganidan keyin bir yil kamaymay turishi kerakligidir. Bir marta nisabga etib, zakot bergandan keyin orada qo‘shilgan pulning vaqti etiborga olinmaydi. Zakot chiqarayotgan paytdagi pul hisobga olinaveradi.

2 May 2022, 07:42 | Savol-javoblar | 136 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar