Savob oladimi?
Assalomu alaykum! Masjid qurilishida qatnashish, hatto bitta g‘ishtni g‘isht uruvchiga uzatib bersa ham juda katta savob deyishadi. Yaqinda biz Jum’a nomozi o‘qiyotgan masjidni eski binosi buzildi. Uni eski tuproqlarini masjiddan tashqariga chiqarib tashlash zarur bo‘lib, masjid atrofidagi shofyorlar o‘z mashinasi bilan o‘sha tuproqlarni tashqariga olib chiqarishga yordamlashdilar. Jum’a nomozidan keyin jamoa bilan biz ularni ko‘p duo qildik. Lekin ma’lum bo‘lishicha o‘sha shofyorlar masjidga yaqin joydagi bir firmaga olib borib to‘kkan tuprog‘i uchun har bir reysiga 10000 so‘mdan pul olishgan ekan. Bunday holatda o‘sha shofyorlar uchun savob ajrlari to‘la bo‘laveradimi yoki uni darajasi biroz pasayadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Niyatiga yarasha oladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 153 | Duolar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Niyatiga yarasha oladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 153 | Duolar