G‘uslga suv topilmasa

Assalomu alaykum! G‘usl vojib bo‘lib qolsa agar uyda bo‘lmasa, namoz vaqti kirgan bo‘lsa, tahorat olib namoz o‘qish joizmi yoki namozni qazo qilib uyga borib g‘usl qilib keyin namoz o‘qiydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! G‘usl qilib, poklanib o‘qiladi. Uyga borib o‘qiyman deb junub holatda yurilavermaydi. Har qanday ishni to‘xtatib birinchi o‘rinda g‘usl qilib olinadi va namozni ado qilinadi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 05:14 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar