Sovg‘a harom narsa bo‘lsa qanday yo‘l tutiladi?

Assalomu alaykum! Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Ishim yuzasidan turli korxonalar bilan ishlayman. Davlat mansabdori emasman. Turli «bayram»larda shu korxonalardan sovg‘a olib kelishadi. Savollarim quyidagicha: Shu sovg‘alarni olish joizmi? Bu sovg‘alar pora tariqasida emas. Bu katta korxonalarda yo‘lga quyilgan tadbir. Sovgalar asosan shirinliklar, turli buyumlar (fleshka, ruchka, kalendar va x.k.z.)dan tashkil topadi. Lekin buning orasida ba’zan harom ichimliklar ham aralashadi. Shu harom narsalarni olib to‘kib tashlagan afzalmi yoki qaytarib berish kerakmi? Bundan keyin bunday sovg‘a olib kelmasligi ta’kidlanishi kerakligini tushunaman. Javob uchun oldindan rahmat. Ketgazgan vaqtingizga Alloh savoblar bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shar’an harom narsa bo‘lsa, olib to‘kib yoki tashlab yuborishingiz kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:21 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar