Maxrni to‘g‘ri berdimmi

Assalomu alaykum! Bu mavzuga doir javoblarni o‘qib chiqdim. Va shu javoblar asosida bolajan ayolim bilan kelishib oldik. Faqat shu masalaga to‘g‘ri yondashdikmi so‘ramoqchi edim. Bolajak ayolim mendan maxrga biror bir chet davlatga sayohat qilishni so‘radi. Biz o‘sha chet davlatni tanladik. Va tur firmadan bormoqchi bo‘lgan davlatning tur paketini summasini narxni so‘radik va o‘sha summani (yani 1 kishilik) maxr etib belgiladik. Bu summa maxrning eng kam miqdordan yuqori va u summani berishni vaqtini bo‘lajak ayolim sizning ixtiyoringizda deb aytdi. Biz xato qilmadikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aniq summaga kelishibsizlar va u mahrning eng ozidan yuqori ekan. Durust bo‘lgan. Vallohu a’lam!

28 Oktabr 2023, 13:28 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar