Ichida spirt bor narsalar

Assalomu alaykum! Hurmatli  Ustozlar, oilamning yaqin insoni bizni ko‘rgani kelganlarida doim ichida spirti bor shirinliklar olib keladilar. Albatta, biz tarkibini o‘qib chiqamiz. Ichida alkogol bor bo‘ladi. Shuni u insonga aytishga hijolat qilamiz, sababi u bizning dinimizdan emas ham ranjitishdan qo‘rqamiz. Shunda shu narsalarni bir tanishimizga berib yuboramiz, u ayol muslima ayol, lekin biz ichida spirt bor deb aytsak bilib turib o‘sha shirinliklarni oladilar. Savolim shuki, bizning harom narsani shunday musulmon kishilarga berishimiz durustmi? Ya’ni bizga gunoh bo‘lmaydimi? Yoki boshqa dindagi insonlarga berish kerakmi? Yoki sotib yuborish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tashlab yuborish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:41 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar