Ayol avvalgi turmushidan taloq olmasdan boshqasiga nikohlansa
Assalomu alaykum! Ayol birinchi turmushidan talog‘ini olmay ajrashgan bo‘lsa ikkinchi nikohi bog‘lanmasligini, birinchi eridan talog‘ini olishi shartligini savol-javoblardan o‘qib bilib oldik. Ammo ayol birinchi eridan talog‘ini olmagan bo‘lsa ham ikkinchi eriga talog‘imni bergan deb yolg‘on gapirsa yoki talog‘imni men eshitmaganman uyimdagilar eshitgan ekan desa bu vaziyatda erkak kishi qanday yo‘l tutmog‘i lozim? Boshida ilmsizligi tufayli so‘ramay nikohlanib ancha vaqtdan buyon ayol bilan yashayotgan bo‘lsa uning so‘ziga amal qiladimi yoki boshqa choralarini xam izlashi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tezda u ayol bilan yaqinlik qilishni to‘xtatib, eridan talog‘ini olishi va idda o‘tirishi shart. Iddasi chiqqach qayta nikohlab olinaveradi. Farzan bo‘lgan bo‘lsa ularni valadizino deyilmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:06 | Savol-javoblar | 145 | Oila va turmush