O‘zimizni tsementi chetniki deb aldab sotish
Assalomu alaykum! Men qurilish mollari do‘konida ishlayman. Bizga o‘zbekistonga qo‘shni davlatlardan turli xil maxsulotlar keladi. Shulardan tsemant xam chetdan kelgan. Tsementlarni qoplarini olib o‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tsementlarni solib qadoqlab va uni chetniki deb sotilsa qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Bunday ish qiluvchilar mening ummatimdan emas” deyishlari kifoya qilishi kerak. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: خَطَبَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: يَا أَيُّهَا النَّاسُ، إِنَّكُمْ مَحْشُورُونَ إِلَى اللهِ حُفَاةً عُرَاةً غُرْلًا - ثُمَّ قَالَ - كَمَا بَدَأْنَا أَوَّلَ خَلْقٍ نُّعِيدُهُ وَعْدًا عَلَيْنَا إِنَّا كُنَّا فَاعِلِينَ إِلَى آخِرِ الْآيَةِ - ثُمَّ قَالَ - أَلَا وَإِنَّ أَوَّلَ الْخَلَائِقِ يُكْسَى يَوْمَ الْقِيَامَةِ إِبْرَاهِيمُ، أَلَا وَإِنَّهُ يُجَاءُ بِرِجَالٍ مِنْ أُمَّتِي فَيُؤْخَذُ بِهِمْ ذَاتَ الشِّمَالِ، فَأَقُولُ: يَا رَبِّ أُصَيْحَابِي. فَيُقَالُ: إِنَّكَ لَا تَدْرِي مَا أَحْدَثُوا بَعْدَكَ. فَأَقُولُ كَمَا قَالَ الْعَبْدُ الصَّالِحُ وَكُنتُ عَلَيْهِمْ شَهِيدًا مَّا دُمْتُ فِيهِمْ فَلَمَّا تَوَفَّيْتَنِي كُنتَ أَنتَ الرَّقِيبَ عَلَيْهِمْ وَأَنتَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ فَيُقَالُ: إِنَّ هَؤُلَاءِ لَمْ يَزَالُوا مُرْتَدِّينَ عَلَى أَعْقَابِهِمْ مُنْذُ فَارَقْتَهُمْ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xutba qilib: «Hoy odamlar! Albatta, sizlar Allohning huzuriga yalangoyoq, yalang‘och va xatna qilinmagan holda hashr qilinasizlar», dedilar. Keyin «Maxluqotni avval qanday boshlagan bo‘lsak, xuddi shunday qaytaramiz. (Bu) zimmamizdagi va’dadir. Albatta, Biz buni qiluvchidirmiz» ni oyatning oxirigacha o‘qidilar. So‘ngra shunday dedilar:
«Bilib qo‘yinglar! Qiyomat kuni xaloyiqning birinchi bo‘lib kiyintiriladigani Ibrohimdir. Bilib qo‘yinglar! Ummatimdan bir guruh kishilar olib kelinib, chap tarafga olinadi. Men esa: «Ey Robbim, (bular) ashobchalarim!»* deyman. Shunda: «Ular sendan keyin nimalarni paydo qilishganini sen bilmaysan», deyiladi. Shunda men solih banda* aytganidek: «Oralarida ekanman, ularga guvoh bo‘ldim. Meni O‘zingga olganingdan so‘ng ularga Sening O‘zing kuzatuvchi bo‘lding. Albatta, Sen O‘zing har bir narsaga shohiddirsan», deyman. Shunda: «Tashlab ketganingdan beri ular ortlariga qaytib ketaverishgan», deyiladi».
* «Ashobchalarim» degandagi kichraytirma mazkur sifatdagi kishilarning adadlari juda kam bo‘lishiga dalolat qilish uchun ishlatilgan.
* Bu erda «solih banda» deganda Iyso alayhissalom nazarda tutilgan. (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy"). عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَتَى الْمَقْبُرَةَ، فَقَالَ: «السَّلَامُ عَلَيْكُمْ دَارَ قَوْمٍ مُؤْمِنِينَ، وَإِنَّا إِنْ شَاءَ اللهُ بِكُمْ لَاحِقُونَ، وَدِدْتُ أَنَّا قَدْ رَأَيْنَا إِخْوَانَنَا»، قَالُوا: أَوَلَسْنَا إِخْوَانَكَ يَا رَسُولَ اللهِ؟ قَالَ: «أَنْتُمْ أَصْحَابِي، وَإِخْوَانُنَا الَّذِينَ لَمْ يَأْتُوا بَعْدُ»، فَقَالُوا: كَيْفَ تَعْرِفُ مَنْ لَمْ يَأْتِ بَعْدُ مِنْ أُمَّتِكَ يَا رَسُولَ اللهِ؟ فَقَالَ: «أَرَأَيْتَ لَوْ أَنَّ رَجُلًا لَهُ خَيْلٌ غُرٌّ مُحَجَّلَةٌ بَيْنَ ظَهْرَيْ خَيْلٍ دُهْمٍ بُهْمٍ، أَلَا يَعْرِفُ خَيْلَهُ؟ قَالُوا: بَلَى، يَا رَسُولَ اللهِ! قَالَ: «فَإِنَّهُمْ يَأْتُونَ غُرًّا مُحَجَّلِينَ مِنَ الْوُضُوءِ، وَأَنَا فَرَطُهُمْ عَلَى الْحَوْضِ، أَلَا لَيُذَادَنَّ رِجَالٌ عَنْ حَوْضِي كَمَا يُذَادُ الْبَعِيرُ الضَّالُّ، أُنَادِيهِمْ: أَلَا هَلُمَّ، فَيُقَالُ: إِنَّهُمْ قَدْ بَدَّلُوا بَعْدَكَ، فَأَقُولُ: سُحْقًا سُحْقًا Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabristonga kelib, «Assalaamu alaykum, daaro qovmim mu’miniyn! Va innaa inshaallohu bikum laahiquun»* deb, «Birodarlarimizni ko‘rgim keldi», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, biz birodarlaringiz emasmizmi?» deyishdi. «Sizlar sahobalarimsiz. Birodarlarimiz esa hali kelganlaricha yo‘q», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, ummatingizdan hali kelmaganlarni qanday taniysiz?» deyishdi. «Aytinglar-chi, bir odamning qop-qora otlar ichida peshonasi va oyoq-qo‘llari oppoq qashqali otlari bo‘lsa, o‘sha otlarini taniy oladimi?» dedilar. «Albatta, ey Allohning Rasuli», deyishdi. U zot shunday dedilar: «Ular tahoratdan peshonalari va oyoq-qo‘llari porlagan holda kelishadi. Men ularning Havzdagi faratiman.* Ogoh bo‘linglar, bir guruh odamlar mening hovuzimdan xuddi adashgan tuya haydalgandek haydaladilar. Men: «Hoy, bu yoqqa kelinglar!» deb ularga nido qilaman. Shunda: «Ular sendan keyin (dinni) o‘zgartirib yuborishdi», deyiladi. «Unday bo‘lsa, daf bo‘lishsin, daf bo‘lishsin!» deyman».
* «Assalomu alaykum, ey mo‘min qavmlar diyori! Inshaalloh, biz ham sizga qo‘shiluvchimiz».
* «Farat» deb suv yoki manzilga hammadan oldin borib, hozirlik ko‘rib turadigan kishiga aytiladi. (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Muslim"). وَمَرَّ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِرَجُلٍ يَبِيعُ طَعَامًا فَسَأَلَهُ كَيْفَ تَبِيعُ؟ فَأَخْبَرَهُ، فَأُوحِيَ إِلَيْهِ أَنْ أَدْخِلْ يَدَكَ فِيهِ فَأَدْخَلَ يَدَهُ فَإِذَا هُوَ مَبْلُولٌ، فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَيْسَ مِنَّا مَنْ غَشَّ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَمُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ وَلَفْظُهُمَا: فَقَالَ: مَا هَذَا يَا صَاحِبَ الطَّعَامِ؟ قَالَ: أَصَابَتْهُ السَّمَاءُ يَا رَسُولَ اللهِ، قَالَ: أَفَلَا جَعَلْتَهُ فَوْقَ الطَّعَامِ كَيْ يَرَاهُ النَّاسُ، ثُمَّ قَالَ: مَنْ غَشَّ فَلَيْسَ مِنِّي «Nabiy sollallohu alayhi vasallam taom sotayotgan odamning oldidan o‘tayotib: «Qanday sotyapsan?» deb so‘radilar. U xabar berdi. Shunda u zotga «Qo‘lingni u(taom)ning ichiga tiq», deb vahiy qilindi. U zot qo‘llarini tiqsalar, ho‘l ekan. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim aldasa, bizdan emasdir», dedilar».
Abu Dovud, Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar.
Muslim va Termiziyning lafzida:
«U zot:
«Ey taom egasi! Bu nima?!» dedilar.
«Yomg‘ir tekkan edi, ey Allohning Rasuli», dedi.
«Odamlar ko‘rishlari uchun buni taomning ustiga qilsang bo‘lmasmidi! Kim aldasa, mendan emas!» dedilar», deyilgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifdagi taom deb nomlangan va savdoga qo‘yilgan mol bug‘doy bo‘lib, unga yomg‘ir tegsa, shishib, og‘ir bo‘lib qoladi. Shuning uchun sotuvchi o‘lchovda foyda ko‘radi. Ikkinchidan, suv tekkan bug‘doyni saqlash qiyin bo‘ladi. Shuning uchun uning aybini aytmay sotish aldamchilik hisoblanadi.
Ushbu hadisdan savdo-sotiq bo‘yicha bir qancha foydalar olinadi:
1. Islom dinining savdo-sotiq, iqtisodiy ishlarda ham o‘z ta’limotlariga ega ekanligi.
2. Mas’ul kishilar savdo-sotiq ishlari shariatga muvofiq borishini kuzatib turishlari lozimligi. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning so‘rashlari va qo‘llarini solib, tekshirib ko‘rishlari shuni ko‘rsatadi.
3. Savdo molida ayb bo‘lsa, uni xaridorga aytish yoki ko‘rsatish lozimligi. Aybini ko‘rib turib, olsa, o‘zining ishi.
4. Savdodagi aldamchilik qilish savdogarni musulmonlik doirasidan chiqarishi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning «Mendan emas» deganlari «Mening dinimda emas», deganlaridir.
Endi bugungi katta-kichik savdogarlarning qilayotgan ishlariga bir nazar solaylik.
Savdoning qaysi turi bo‘lsa, hammasida xaridorni yaxshilab aldash uslubi ishlab chiqilgan. Nima qilib bo‘lsa ham xaridorni aldab, molni o‘tkazib olishdan boshqa tashvish yo‘q.
Yaxshi, sifatli molni ko‘rgazmaga qo‘yib, yomonini tortib yoki o‘lchab berish – eng oson uslub.
Avvalgilarga o‘xshab, yomg‘ir tegib qolgandi, de¬yish yo‘q. Ziroat mahsulotini bozorga uzib yoki terib olishdan oldin, albatta, tomiridan to‘yib ichib olganicha suv qo‘yiladi. Mahsulot tarozi bosadigan bo‘lgandan keyin bozorga olib chiqiladi. Albatta, uni egan odamni dard bosadi.
Bozorda sherigining shirin anorini so‘yib, ko‘rgazmaga qo‘yib, o‘zining achchiq anorini pullaydiganlar ham yo‘q emas.
Qo‘yingki, inson bolasining aqliga sig‘maydigan narsalar, hiyla-nayranglar bozorda uchraydi. Ushbu narsalarni kasb qilib olgan aldamchilarning o‘zini musulmonman, deb atashga, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatidanman, deyishga haqlari bormikan?!
Alloh taolodan qo‘rqish kerak. Aldamchilikni tashlash kerak. Aldamchilik bilan topilgan mol-dunyo harom bo‘ladi. Egasiga yuqmaydi. Boshiga bitgan balo bo‘ladi. Qiyomatda ham sharmanda qiladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 20:57 | Savol-javoblar | 187 | Moliya va tijorat