kiroat

Assalomu alaykum! Ayol kishi chomeani urtasida baland kur’on kiroat kilishi xakida payombarimizdan yo ichmodan xadis bormi? Agar bulsa aytsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizning savolingiz ikki narsaga ta’alluqlidir. 1-ayol kishi o‘zini barchaga namoyon qilishi. 2-uning ovozi avratmi? Bunga quyidagi hadis sizga kifoya qilsa kerak. Abu Hurayra roziyallohu anhudan keyingi o‘rinda ummatga hadislarni etkazgan zot Oisha roziyallohu anho bo‘ladilar. Hazrati Umar roziyallohu biror bir masalada bir to‘xtamga kela olmasalar sahoba yoki tobe’inlardan birortasini Oisha roziyallohu anho huzurlariga jo‘natar edilar. Oisha roziyallohu anho onamiz ularga parda ortidan turib u masala haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan bo‘lsalar aytib berar edilar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:56 | Savol-javoblar | 146 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar