Qanday echimi bor

Assalomu alaykum! Men yaqinda Rossiyaga o‘qishga kelgan edim. Bu erda ishga ham kirdim. Ishxonada biz cheburek tayyorlaymiz men bosh oshpazman. Bir kuni qornim ochkanligi sababli "oxotnichniy" tarkibida kalbasa(cho‘chqa go‘shti) borligini keyin o‘qib qoldim. Allohimga shukur men nomozimni qoldirmayapman lekin ustozlar iltimos aytinglar cho‘chqa aralashgan kalbasani eyishni kafforoti qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tavba qilasiz. Qaytib bunday qilmang. Cheburekni halol so‘yilgan go‘shtdan tayyorlashingiz kerak. Agar halol emas go‘shtdan tayyorlasangiz, ishlashingiz ham joiz emas. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 20:04 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar