Namozdan er ustun turadimi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar men besh maxal namoz o‘qiyman. Yaqinda bir yigit bilan tanishdim. U Buxorodan men Gulistondan. U menga turmush qurishni taklif qildi, baxtli qilishni va’da qildi, men rozi bo‘ldim. U yigit xarbiy ekan, mazasi qochib ko‘richak bo‘lib qoldi. Hozir ham kasalxonada, uydagilari uni ko‘rgani kelayotganda Samarqand yo‘lida avto halokatga uchrab kasalxonaga tushib qoldi va sovchi bo‘lib kelmoqchi bo‘lgan onasi uyoqqa ketdi. Shu orada telefon orqali gaplashib turdik va gap orasida men namoz o‘qishimni aytgandim, boshida indamadi. Endi esa “o‘qimiysan, o‘tirishlarga birga borsak ichkilik uzatishsa ichishing kerak” dedi. Men “unday qilmayman” desam “men nima desam shu bo‘ladi” dedi. “Unda meni unuting” deb voz kechdim. Boy oiladan va dinimizdan xabari yo‘qligi uchun hamma aytganimni qiladi deb o‘yladi. Ularni oilasida hatto ayollar ham ichar ekan. Shunday oilaga kelin bo‘lish mumkinmi? Baxt va boylikni deb namozdan yuz o‘girish, aroq ichish katta gunohku. Men to‘g‘ri ish qildimmi? Yoki baxt uchun kurashaymi men birinchi turmushimdan ajraganman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنِ الْحَسَنِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: لَا طَاعَةَ لِمْخْلُوقٍ فِي مَعْصِيَةِ الْخَالِقِ. رَوَاهُ ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ. (متفق عليه) Hasandan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xoliqning ma’siyatida maxlo‘qqa itoat yo‘q» – dedilar”. Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan. (Muttafaqun alayh) Ya’ni, bandani rozi qilaman deb, Alloh taoloni norozi qiladigan narsani qilib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:59 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush