Qanday javob bersak bo‘ladi?
Assalomu alaykum! Qilayotgan ishingizga Alloh baraka bersin. Uyimizga, singlimga sovchilar kelishvoti. Hozirda bir joy bilan bo‘ladigan bo‘lib turibdi, singlimni o‘ng oyog‘ida bitta barmog‘i qolgan, bormog‘iga qaraganda o‘smay qolgan, bu kasallik emas, yoki gendan o‘tadigan kasallik ham emas. Agar shuni sovchilarga aytsak tushunmagani uchun bu kasallik deb o‘ylab, ertaga bollarida ham shunaqa bo‘lsachi deb fotihani buzishligi mumkin. Savolim, shunday vaziyatda qanday yo‘l tutmog‘imiz lozim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Xuddi siz so‘ragan savol kabi bir o‘quvchimiz shunday aybi borligini aytmasdan turmushga berib, keyin ajrashganini so‘ragan edi. Agar o‘sha ayb bilan hozir sovchilar aynidigan bo‘lsa, to‘ydan keyin ham aynishadi. Qaysi birini tanlash o‘zlaringizni ixtiyoringizda. Qiz bo‘lajak kuyov bilan ko‘rishganda aytsin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:00 | Savol-javoblar | 186 | Oila va turmush