To‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar

Assalomu alaykum! Man ruhan juda tushkin holatdaman. Ota-onam bizni boqish uchun juda ko‘p ishlar qilishmoqda, lekin ba’zi ishlari gunohdan yiroq emas. Otam doim “bo‘shsan, hali ko‘chaga chiqsang ko‘rasan odamla qanaqa bo‘lib ketganini. Kitobda yozilgan bo‘yicha yashasang yashashni keragi yo‘q, mug‘ombirchilikni chegarasi yo‘q” deb koyiydilar. Men qiyomatda javobi nima bo‘ladi deb juda qo‘rqaman.
Onam tomat, achchiq mahsulotlarini tayyorlab, unga suv aralashtirib sotadi. Men “suv aralashtirmang” desam ham foydasi yo‘q. Onamning topganini hammasi harommi? O‘zim ham gunohlardan pok emasmanu, lekin ikkilanib qoldim nima qilay yoki ota-onamni ishlariga aralashmaymi? Alloh ota onamni ham bizlarni ham mag‘firat etsin. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ota-onangiz shariatdan bexabar bo‘lgani uchun shunday qilishmoqda. Albatta topganining hammasi emas, balki qo‘shgan suvi miqdorichasi harom bo‘ladi. Siz o‘zingiz haloldan topishga harakat qiling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:00 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar