Tahoratmi yoki tayammum?

Assalomu alaykum! Alloh sizlarni qilayotgan xayrli ishlaringizda madadkor bo‘lsin! Hurmatli ustozlar, bir tanishimning boshini yarmi va o‘ng qo‘lining hammasi gazdan kuydi. Hozir boshini hamma joyi bint bilan o‘ralgan, qo‘li ham hamma joyi o‘ralgan. Shu holda tahorat oladimi yoki tayammum qiladimi? Javob uchun oldindan rahmat. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo shifoi komil bersin. Kuymagan joylarini yuvib, birt bilan bog‘langan joylariga mash tortadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:17 | Savol-javoblar | 148 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar