O‘zbekistondagi xotini ustiga Rossiyada uylanish
Rossiyada tanishgan, namozxon, ko‘pchilik ibodatdagi hamyurtlarimiz hurmatini qozongan, ta’bir joiz bo‘lsa, ibratli bir akamiz (yoshi 47da) bor edi. Bir yil chamasi O‘zbekistonda bo‘ldim. Kelib akamizni birdaniga 3 ta rus ayolga uylanganini eshitdim. Bir chalasavod (xafa bo‘lsa ham haqiqat) hamyurtimiz nikoh qilibdi. Borib, “Bir umrga qat’iy niyatizga shubxam bor, agar gumonim haq bo‘lsa, zinodasiz! Allohdan qo‘rqing!” dedim. Yaqinda ko‘rishdik, “Birinchisining javobini berdim, ikkinchisi Qozog‘istondan kelsa uy qurib berishga (ayolni puliga) va’da bergandim, uchinchisi 30 kun ro‘za tutdi, yaxshi muslimaga aylansachi... Nima qilishni bilmay qoldim” deb maslahat so‘radi. Ustozimdan so‘rab beraman dedim. Ustoz bunga o‘xshash holatlar ko‘p, musofir namozxon kishilarni uylanib olish niyatidagilari oz emas. Iltimos ustoz, barchamizga, xususan 3 xotinlik boshi qotgan akamizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsangiz. Hikmatli maslahatingizni orziqib kutamiz...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- U erga nima niyat bilan borganingizni unitib qo‘ymanglar. Xotin olish uchun bormaganingizni ham unitib qo‘ymanglar.
26 May 2022, 20:16 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar