Duo xakida

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar."radiytu billaxi robban va bil islami dinan va bimuxammadannabiyyan" duosini ukib yursa jannatga kirarmish,shu tugrimi.duoni xato yozgan bulsam uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ushbu hadisdan bu duoni o‘qib farzlarni ado qilmasa ham jannat vojib bo‘ladi degan xayolga bormaslik kerak. عن أبي سعيد الخدري رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: من قال: رَضِيتُ بِاللهِ رَبًّا وَبِالإِسْلاَمِ دِينًا وَبِمُحَمَّدٍ صَلَّى اللهُ عَلَيهِ وَسَلَّمَ رَسُولاً وجبت له الجنة Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim: «Rodiytu billahi robban va bil islami diynan va bimuhammadin sollallohu alayhi vasallama rosula», desa, unga jannat vojib bo‘ladi», dedilar. Abu Dovud rivoyat qilgan. Ma’nosi: Allohni rabbim deb, Islomni dinim deb, Muhammad alayhissalomni rasul deb rozi bo‘ldim. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:41 | Savol-javoblar | 184 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar