Sehr-jodu haqida

Assalomu alaykum! Hozirgi paytda vrachlar ko‘p ruhiyat bilan bog‘liq bo‘lgan bemorlarga aniq bir tashhis qo‘yisholmayapti. Bilgan gaplari depressiya, stress va hakazo.
Savolim quyidagicha : Bir insonga sehr-jodu qilinganligini qanday bilsa bo‘ladi? Folbinga borish mumkinmas, gunoh, buni hamma biladi. Bunday bemorga kim tashhis qo‘yadi va davolaydi? Shunday davolovchi insonlarni qaysi sifatlariga qarab bilinadi va hozir shunday insonlar bormi? Faqat taqvodor inson degan siyqasi chiqqan javobni bermanglar, aniq bir manba va hujjat bilan javob bersangiz. Boshqa insonlar uchun ham foydadan holi bo‘lmasdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mukammal tahorat olib, ikki rak’at namoz o‘qib, Allohdan siz dam solmoqchi bo‘lgan kishiga shifo berishini so‘rab, Qur’on shifo ekanligiga aniq ishonch hosil qilib, bilgan surangizni o‘qib dam solsangiz shifo beruvchi Alloh. Mabodo o‘zingizni gunohkor deb bilsangiz, o‘zingizni holingizga qaramay Alloh taoloning fazlini umid qilib, Qodirligini o‘ylab, shifo beruvchi ham O‘ziligini his qilib duo qiling. Alloh taolo haqida “berarmikin” degan shubhaga bormang. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:14 | Savol-javoblar | 222 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar