"TALOK" lafzi xakida savol!

Assalomu Aleykum va Raxmatulloxi va Barakatux!Xurmatli va kadrli Shayx Xazratlari, mazkur bulimni ukib chikish maboynida kuiydagi savol tugildi:kupchilikning, talok yoki ajrashish mavzusidagi savollariga, "agar talokni niyat kilgan bulsangiz talok tushadi" degan javobni ukidim. Shunda eri-xotinning urushishi yoki boshka biror sabab ila er xotiniga "bor ket, san bilan yashamiman, manga xaromsan" va juda kupgina shunga uxshash lafzlardan birini aytgan bulsa, niyatida yoki xayolida aynan talok suzi bulganda talok tushushi tushunarli, lekin aynan talok suzini uylamasdan, xayoliga umuman xam keltirmasdan, ayoli aynan shu paytda joniga tegib ketib, bunaka yashagandan kura ajrashganim afzal degan xayolda, yukorida ta’kidlangan suzlarni aytganda xam talok tushadimi? Jazakullox Xoyrun Kasiyro!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Taloqni niyat qilmasa, tushmaydi.

29 Aprel 2022, 22:15 | Savol-javoblar | 184 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar