Ota-ona namoz o‘qimasa

Assalomu alaykum! Agar ota-ona namoz o‘qishmasa, vaqti etib qazo qilishganda Alloh oldida qanday savol javob qilishini o‘ylashmasa, tushunishmasa, ular jazolanmasligi uchun farzand nima qilishi kerak? Buni iloji bormi? Oldindan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularning haqqiga duo qilish kerak. Chunki Ali roziyallohu anhudek sahobaning otasi, payg‘ambar alayhissalomning amakilari Abu Tolib shunday zotlarning yaqini bo‘lsada, Islomga musharraf bo‘la olmagan. Chunki hidoyat yolg‘iz Alloh taolodandir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:32 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar