Mozorga atab berilgan jonliq
Assalomu alaykum! Bizning qishlog‘imizda bir mozor bor, uni qishloq kattalari Oq otani qabri deyishadi (qishlog‘imiz nomi ham shu nomda «Oq ota»). Shu mozorni qo‘shni qishloqdan, ba’zan boshqa tumanlardan ham ziyorat qilgani kelishadi va shu mozorga atab jonliq so‘yishadi. Ba’zida esa o‘zlari ziyoratga kelmasa ham, bir jonliq (asosan tovuq)ni qishlog‘imizdagi qarindoshlariga berib Qur’on tilovat qilib qo‘yishini aytishadi. Aslida mozorga atab berilgan jonliqni (shirkdan saqlanish maqsadida) Alloh uchun deb so‘ysa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Harom bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:35 | Savol-javoblar | 169 | Aqiyda
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Harom bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:35 | Savol-javoblar | 169 | Aqiyda