Safarga chiqayotgan inssoni duo qilish

Assalomu alaykum! Uzoq safarga chiqayotgan insonni «Parvardigor falonchini Senga omonat topshirdim. Zero Sen omonatga xiyonat qilmaydigan Zotsan. Uyga sog‘-omon qaytishini nasib et» deb duo qilish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ القاسم بن محمد، يقول: كُنْتُ عِنْدَ ابْنِ عُمَرَ فَجَاءَهُ رَجُلٌ، فَقَالَ: أَرَدْتُ سَفَرًا، فَقَالَ عَبْدُ اللهِ: «إنْتَظِرْ حَتَّى أُوْدِعَكَ كَمَا كَانَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى الله عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُوْدِعُنَا فَيَقُولُ: أَسْتَوْدِعُ اللهَ دِيْنَكَ، وَأَمَانَتَكَ، وَخَوَاتِيمَ عَمَلِكَ." Qosim ibn Muhammad roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men ibn Umar roziyallohu anhuning huzurida edim. Bir kishi kelib: «Safarga chiqmoqchiman» dedi. Shunda ibn Umar roziyallohu anhu: «Kutib tur, toki men seni Rasululloh bizni kuzatganlaridek kuzatib qo‘yaman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Astavdi’ulloha diynaka va amaanataka va xavotima amalika», deb bizni kuzatar edilar. Duoning ma’nosi: «Men sizning diningizni, omonatingizni va amallaringizning xotimasini Allohga topshiraman». Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:39 | Savol-javoblar | 171 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar