Mu’minun surasidagi oyat

Assalomu alaykum! Qur’oni karimning Muminun surasi 103-oyati meni o‘ylantirib qo‘ydi. Unda qiyomat kuni mezoni engil keluvchi insonlar do‘zaga abadiy kirishlari haqida aytilgan. Lekin hadislarda musulmon inson gunohkor bo‘lib, do‘zaxga tushsa-da, kun kelib Alloh ularni kechirishi haqida aytilgan. Iltimos bu holatga izoh bersangiz. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U oyatdagi abadiy qolish kofirlarga tegishlidir. Musulmonlarga tegishli emasligi hadislarda bayon qilingan. Hadislar oyatlarni sharhlaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:49 | Savol-javoblar | 155 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar