Qo‘rqoq qilish
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bizni qishloqda bir ikkita yoshi katta ayollar qabristonda qo‘rqoq qilishadi. Ya’ni biror kim qo‘rqqan yoki kasal bo‘lsa, qabriston ichida u kishini tobut ichiga solib, bir ikki marta tobutni taqillatib qo‘yadi. Keyin suv sepib qo‘yishadi. Buni har chorshanba va shanba kunlari qilishadi. Bundan tashqari u erga borganlar, tuzalib ketay deb ochiq qabrlar yoniga dumalashadi. Bu erga nafaqat hamqishloqlarimiz kelishadi, balki 40-50 km uzoqda yashovchi ziyoli hoji insonlar ham kelishadi! Shu ish to‘g‘rimi? Iltimos ustozlar tezroq javob bersangizlar bu biz uchun juda muhim! Tag‘in bilmasdan qayta-qayta gunohga qo‘l uravermaylik. Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu g‘irt bema’ni ishdir. Xususan bu ishlarni “dindan” deyish, o‘ta ketgan johillikdir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:45 | Savol-javoblar | 146 | Aqiyda