“Rofit max” deb nomlangan kompaniya

“Rofit max” deb nomlangan kompaniya bor ekan. Unga odamlar ustama foiz evaziga pul omonatga qo‘yishayapti ekan va foiz evaziga kredit ham berar ekan. Meni bu savolimda bu ishlar ribo ekanligi ko‘rinib turibdi. Alam qilgan joyi bu ishga aralashgan odamlar, sizni “ijozat berganlar” degan gapni ko‘tarib yurishibdi. O‘sha kompaniya va uning a’zolariga qarshi ming bora gapirganimdan ko‘ra sizning bitta javobingiz etarli bo‘lar edi. Odobsizlik kilgan bo‘lsam uzr. Sizning muxlisingiz bo‘lganim uchun chiday olmay yozdim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu gapdan hozir xabardor bo‘ldim. Yolg‘on to‘qiganlar do‘zaxdan qo‘rqsinlar. Birovning nomini sotib odamlarni aldamasinlar. Besh kunlik dunyoning yolg‘onchi matosiga abadiy oxiratlarini sotmasinlar!

26 May 2022, 17:21 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar