Namozni o‘zgartirish
Assalamu alaykum! Bir kuni masjidda bir kishi shom namozini farzini tugatdi va 2 rak’at sunnatni boshladi. Shu payt bir kishi kelib 3 rak’at farzni o‘qiyapti deb unga iqtido qildi. Shunda 2 rak’at sunnatni o‘qiyotgan kishi namozni ovoz chiqarib o‘qiy boshladi va 3 rak’at farz kabi o‘qidi. Manimcha iqtido qilgan kishi adashmasin deganmi bilmadim. Shu hol menda ham bo‘ldi. Men asrdan keyin avval o‘qilmagan 3 rak’at vitr namozini qazosini o‘qishni endi boshlagan edim, bir kishi (arab, boshqa mazhabda) kelib menga iqtido qildi. Shunda o‘sha kishi uchun, adashib ketmasin yoki namozini qayta o‘qib yurmasin, atayin manga iqtido qildi deb men ham namozimni asrga o‘zgartirdim. Xato qildimmi to‘g‘ri qildimmi bilmadim. Savolim, shunday vaziyatlarda qanday yo‘l tutush kerak? Tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikkisi ham noto‘g‘ri. Bunday odam indamay namozini davom ettiraverishi kerak. Namoz o‘qib bo‘lgach aytib qo‘yadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:47 | Savol-javoblar | 147 | Ibodatlar