Taqririy sunnat haqida

Assalomu alaykum! Taqririy sunnat bu payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni oldilarida sodir bo‘lganda indamaganlar, yoki xursand yoki rozi bo‘lgan ishlar deyilgan. Bunga quyidagi misolni keltirish mumkin deb, sahobalarimizni ikkitasi suv yo‘q joyda tayamum bilan namoz o‘qiydilar, so‘ng suv topgandan keyin bittasi namozni qaytarib o‘qiydilar ikkinchisi esa qaytarmaydilar. Bo‘lgan voqeani payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga aytganlarida, qaytarmaganga “sunnatni topibsan” qaytarganga esa “senga ikki baravar savob ko‘p bo‘ladi” degan ekanlar. Shunga hadis kitoblarini o‘qiyotganda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam rozi bo‘lgan yoki indamagan yoki maqtaganga o‘xshash hadislar kelsa “bu taqririy sunnat ekan” deb tushunsa bo‘ladimi? Savoldagi xato va kamchiliklar uchun o‘zr so‘rayman. Javobingiz uchun kattadan katta rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Vallohu a’lam.

2 May 2022, 06:21 | Savol-javoblar | 190 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar