Namozga beparvolik

Assalomu alaykum! 5 vaqt namoz o‘qib, orada har xil sharoit tufayli 1 vaqt namoz qolib ketsa, qazosini Peshin namoziga qo‘shib o‘qiyman deymanu peshin namozini o‘qimay qolsam shu-shu namoz o‘qishni tark etaman. Oradan vaqt o‘tgandan so‘ng yana namoz o‘qishni boshlab ketaman. “Namoz o‘qib va uni tark etib yana qaytib boshlasa judayam katta gunoh, bunday o‘qigandan o‘qimagan yaxshi” deyishgan. Namozni o‘qib tark qilib yana qayta o‘qish haqida ma’lumotga ega emasman. Iloji bo‘lsa shu haqida hadis oyatlarda nimalar deyilganligini aytib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ba’zi kishilar “bunday o‘qigandan o‘qimagan yaxshi” deyishi iymonga xatarli gapdir. Chunki Alloh taolo farz qilgan amalni “qimagan yaxshi” deyish kufr bo‘ladi. Aksincha “bitta ham qoldirmay o‘qishga harakat qil” deyishlari kerak. Namoz o‘qish tarafidagi munofiqlikning o‘rniga o‘qimaslik tarafidagi munofiqlikni bartaraf qilish kerak.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:48 | Savol-javoblar | 198 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar