Opa-uka

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, sizlardan so‘ramoqchi bo‘lganim, men  bir qiz bilan opa-uka tutungandim. Oramizda 9 yosh farq bor. Bu shariatda mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatda begona erkak bilan begona ayol er-xotinlik tutinishi mumkin xolos. Undan boshqasi joiz emas. Shunday gaplar bilan odamlar o‘zlarini nafsi-havosiga yo‘l topadilar. Shariatda bunday yo‘l yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:52 | Savol-javoblar | 194 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar