Onam betob
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, onam betob bo‘lib qoldilar. Ularni barcha shifokorlarga ko‘rsatdik, barchasi ahvollari yaxshiligini aytayapti. Ammo umuman uxlay olmayaptilar va tanalarini qaltiroq bosayapti. Dam soldirib chilyosin ham qildik, lekin ahvollari yaxshilanmadi. Ba’zilar ularga nazar tekkani va issiq sovuq borligi haqida aytayapti. Shunday bo‘lishi mumkunmi? Sizlardan iltimos shifoga sabab bo‘luvchi oyat va duolar bo‘lsa aytinglar va onamni duo qilinglar. Allohim O‘zi shifo bersin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 11 bor salovat, “Fotiha” surasi va “Oyatul kursiy”. Keyin to‘rt Qul bilan boshlanadigan suralarini, keyin yana 11 marta salovat o‘qib xayolingizda bir qo‘rg‘onni tasavvur qiling. keyin “Hasbiyallohu va ne’mal vakiil” kalimalarini ko‘p-ko‘p takrorlang. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:00 | Savol-javoblar | 137 | Duolar