Qiz bola erkak kishidan ta’lim olishi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, qiz yoki ayol kishi ilm yo‘lida erkak ustozdan ta’lim olsa joizmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat, ilmingiz yanada ziyoda bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aslida joiz. Bir xonada bir erkak va bir ayol yolg‘iz qolmaslik, shar’iy to‘sinish va mayin ovozni ishlatmaslik sharti bilan. وَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَا يَخْلُوَنَّ رَجُلٌ بِامْرَأَةٍ إِلَّا كَانَ ثَالِثَهُمَا الشَّيْطَانُ. رَوَاهُمَا التِّرْمِذِيُّ «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Bir erkak zinhor bir ayol bilan xoli qolmasin! Aks holda uchinchilari shayton bo‘lur», dedilar».
Ikkisini Termiziy rivoyat qilgan.
Alloh taolo “Ahzob” surasida marhamat qiladi: يَا نِسَاء النَّبِيِّ لَسْتُنَّ كَأَحَدٍ مِّنَ النِّسَاء إِنِ اتَّقَيْتُنَّ فَلَا تَخْضَعْنَ بِالْقَوْلِ فَيَطْمَعَ الَّذِي فِي قَلْبِهِ مَرَضٌ وَقُلْنَ قَوْلًا مَّعْرُوفًا 32. «Agar taqvo qilsangiz, mayin so‘z qilmang...»
Ovozingizni mayin, nazokatli qilib, erkak kishiga ta’sir etadigan holatda gapirmang.
«...yana qalbida kasali bor bo‘lgan tama qilib yurmasin».
Munofiq va iymoni zaiflar sizning mayin ovozingizni eshitib, fisqu fujurni boshlab qolmasinlar.
«Va ma’ruf gapni gapiringlar».
Amri ma’ruf bo‘ladigan, kishilarni taqvoga, yaxshilikka chaqiradigan gaplardan gapiringlar. وَقَرْنَ فِي بُيُوتِكُنَّ وَلَا تَبَرَّجْنَ تَبَرُّجَ الْجَاهِلِيَّةِ الْأُولَى 33. Uyingizda qaror toping. Ilgarigi johiliyatning ochiq-sochiqligi kabi ochiq-sochiq yurmang” degan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:49 | Savol-javoblar | 160 | Ta’lim va muta’allim