Osiylar

Assalomu alaykum! Qur’onda kofirlarni do‘zaxda abadiy qolishi zikr qilingan. Musulmon, lekin benamoz, aroqxor, zinokor(oilali bo‘lsa ham) Allohga ishonadi, lekin ibodat qilmaydigan, bu dunyo matohiga aldanib qolib gunohlarda bardavom bo‘ladigan osiy musulmonlar ham do‘zahda abadiy qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! حَدَّثَنَا مُوسَى، حَدَّثَنَا وُهَيْبٌ، حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ يَحْيَى، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ  رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «إِذَا دَخَلَ أَهْلُ الْجَنَّةِ الْجَنَّةَ، وَأَهْلُ النَّارِ النَّارَ يَقُولُ اللهُ: مَنْ كَانَ فِي قَلْبِهِ مِثْقَالُ حَبَّةٍ مِنْ خَرْدَلٍ مِنْ إِيمَانٍ فَأَخْرِجُوهُ. فَيُخْرَجُونَ قَدِ امْتُحِشُوا وَعَادُوا حُمَمًا، فَيُلْقَوْنَ فِي نَهَرِ الْحَيَاةِ، فَيَنْبُتُونَ كَمَا تَنْبُتُ الْحِبَّةُ فِي حَمِيلِ السَّيْلِ - أَوْ قَالَ - حَمِيَّةِ السَّيْلِ». وَقَالَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «أَلَمْ تَرَوْا أَنَّهَا تَنْبُتُ صَفْرَاءَ مُلْتَوِيَةً». أطرافه: 22، 4581، 4919، 6574، 7438، 7439 - تحفة: 4407 - 144/8 Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Jannat ahli jannatga, do‘zax ahli do‘zaxga kirganda Alloh: «Kimning qalbida xantal urug‘ichalik iymon bor bo‘lsa, uni chiqaringlar», deydi. Ular kuyib qorayib, ko‘mirga aylangan holda chiqariladilar. Keyin ularni hayot daryosiga tashlashadi. Shunda ular xuddi sel oqizig‘idagi urug‘ [yoki «sel shiddatidagi», degan] kabi unib chiqishadi». «Nabiy sollallohu alayhi vasallam yana: «Uning sap-sariq bo‘lib, buralib o‘sishini ko‘rmaganmisan?» dedilar». Izoh: Odatda sel oqizib kelgan tosh, loy, xas xashaklar ichida o‘simliklarning urug‘i ham bo‘lib, ular sel tinishi bilan bosh ko‘tarib, buralib-buralib unib chiqa boshlaydi. Xuddi shuningdek, do‘zaxdan chiqib, hayot daryosiga tashlangan odamlar ham shitob bilan «unib» chiqishadi. حَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا غُنْدَرٌ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ قَالَ: سَمِعْتُ أَبَا إِسْحَاقَ قَالَ: سَمِعْتُ النُّعْمَانَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَقُولُ: «إِنَّ أَهْوَنَ أَهْلِ النَّارِ عَذَابًا يَوْمَ الْقِيَامَةِ لَرَجُلٌ تُوضَعُ فِي أَخْمَصِ قَدَمَيْهِ جَمْرَةٌ يَغْلِي مِنْهَا دِمَاغُهُ». طرفه: 6562 - تحفة: 11636 Nu’mon roziyallohu anhu aytadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Qiyomat kuni do‘zax ahlining eng azobi engili – oyog‘ining tagiga cho‘g‘ qo‘yilib, undan miyasi qaynab turadigan kishidir», deyayotganlarini eshitdim». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:02 | Savol-javoblar | 143 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar