Tushimning ma’nosi

Assalomu alaykum! Ismim Sarvarbek, yoshim 23da. Bir savol bilan saytga kirdim, javob olaman degan umiddaman. Men 1-oktyabr kuni tush ko‘rdim. Tushimda qandaydir ovoz “sen 31-oktyabr kuni o‘lasan, oldinga Azroil keladi” dedi. Cho‘chib uyg‘onib ketdim, qarasam jiqqa terlabman. Yangi oyni esa 31gacha ekanligini bilmasdim va shoshib kalendarga qaradim. Ne ko‘z bilan qarayki oyning oxiri 31. Shu kundan beri halovatim yo‘q. Javob va maslahat beringlar. Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Biz tush ta’biriga mohir emasmiz. Lekin Ibn Sirin rahmatullohi alayh : “Tushida Azroil alayhissalomni ko‘rgan kishining umri uzoq bo‘ladi” degan ekanlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:02 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar