Qizim xaqida

Assalomu alaykum! Qizim 2002-yilda tug‘ilgan xozirda medkollejda o‘qiyabdi, diniy talimga qiziqadi ko‘p sovchilar kelishayabdi berolmayabmiz. Sababi qizim madinaga o‘qishga xujjat tobshirgan akasi bilan birga. 6 oyda o‘qishga qabul qisa arabistonga akasi bilan o‘qigani ketadi. Shunga nima maslaxat berolasilar? Erga bervorganimiz yaxshimi yoki o‘qiganimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ba’zida qizlarimizning tengi chiqsa ham, yanada yaxshiroq joylardan umid qilib, ularni ushlab turamiz. Gohida qizning sepi tayyor emasligi, bunga qo‘limiz kaltaligini ro‘kach qilib, ularning umrini o‘tkazamiz. Vaholangki, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hadisi shariflarida aytadilar: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِذَا خَطَبَ إِلَيْكُمْ مَنْ تَرْضَوْنَ دِينَهُ وَخُلُقَهُ فَزَوِّجُوهُ، إِلَّا تَفْعَلُوا تَكُنْ فِتْنَةٌ فِي الأَرْضِ ، وَفَسَادٌ عَرِيضٌ  رَوَاهُ الْإِمَامُ  التِّرْمِذِيُّ وَالْإِمَامُ ابْنُ مَاجَةَya’ni: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Dini, xulqi sizni rozi qiladigan kishi sovchi qo‘yib kelsa, (qizingizni) unga nikohlab bering. Agar shunday qilmasangiz, erda fitna va katta fasod chiqadi”.
(Imom Termiziy va Imom ibn Moja rivoyati).Tengi chiqqan qizlarni turmushga uzatmasak, keraksiz matohlarni deb, to‘ylarni kechiktirsak, oilasiz erkak va ayollar ko‘payadi, zino rivojlanadi, nasablar kesiladi. Jamiyatda salohiyat va iffat kamayadi.
Ba’zi yigitlar esa, hamma sharoitimni yaxshilab olaman deb, uylanmay yurishadi. Natijada yoshlari o‘tib qoladi. Vaholangki, bir kasbni boshini tutgan, nafaqai ro‘zg‘or qila oladigan yigitlar kambag‘allikdan qo‘rqib, uylanmay yurishi, to‘g‘ri emas. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi:وَأَنْكِحُوا الْأَيَامَى مِنْكُمْ وَالصَّالِحِينَ مِنْ عِبَادِكُمْ وَإِمَائِكُمْ إِنْ يَكُونُوا فُقَرَاءَ يُغْنِهِمُ اللَّهُ مِنْ فَضْلِهِ وَاللَّهُ وَاسِعٌ عَلِيمٌya’ni: “Sizlarning orangizdagi tul (erkak va ayol)larni hamda qul va cho‘rilaringizdan yaroqlilarini uylantiringiz! Agar (ular) kambag‘al bo‘lsalar, Alloh ularni o‘z fazli bilan boyitur. Alloh (fazlu karami)keng va dono zotdir” (Nur surasi, 32-oyat).
Hanafiy mazhabiga ko‘ra, uylanish – uylanmasdan umrini ibodatda o‘tkazishdan afzal, balki sunnatdir.
Oyati karimada kambag‘al bo‘lganlar turmush qurganlaridan so‘ng boy bo‘lishi haqida aytilmoqda. Buning ustiga, uylanguncha bo‘sh, yalqov bo‘lgan yigitlar, uylangandan keyin g‘ayratli, harakatchan bo‘lib qolishlari ko‘p kuzatilgan. Shuning uchun dinimiz imkoniyati bo‘lgan yigitlarni uylanishga targ‘ib qiladi. Lekin nikoh sunnatining e’loni bo‘lgan to‘y qilishni obro‘ musobaqasiga aylantirish, to‘yda turli isrofgarchiliklar qilish dinimizda qoralanadi va bu ishdan qaytariladi. Chunki Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi:وَلاَ تُسْرِفُواْ إِنَّهُ لاَ يُحِبُّ الْمُسْرِفِينَ   ya’ni: “...Isrof qilmangiz! Albatta, U isrof qiluvchilarni sevmaydi” (An’om surasi, 141-oyat). Vallohu a’lam!

9 Iyun 2022, 16:53 | Savol-javoblar | 182 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar