Zulm dasturxon
Assalomu alaykum! Bizda antiqa urf-odat bor. Ya’ni juda ko‘p oilalarda farzand dunyoga kelganda shu xonadonda to‘y qilinadi. Achinarli tomoni to‘y kuyovni uyida bo‘lib o‘tib kuyov tomon mezbon sifatida ko‘krak kerib mehmon kutib oladi. Lekin deyarli barcha xarajatlar hatto qo‘y olib chiqish ham kelin tomon zimmasiga yuklatiladi. Aksariyat hollarda kelin tomon qizini keyinchalik ta’na va dashnomlar ostida qolib ketishidan qo‘rqib, majburlikdan va norozi bo‘lib shu xarajatlarni qiladi. Savolim shuki shunaqa antiqa «Aqiqa» to‘ylarga borish va shunday dasturxonlardan taom eyishning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Halol emas. عَنْ حَنِيفَةَ الرَّقَاشِيِّ رَضِيَ الله عَنْهُ، أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى الله عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: "لَا يَحِلُّ مَالُ امْرِئٍ مُسْلِمٍ إِلَّا بِطِيبِ نَفْسٍ مِنْهُ أخرجه البيهقي فى شعب الإيمان" Abu Hanifa Raqoshiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam : “Musulmon kishining chin dildan rozi bo‘lib bermagan molini olish halol bo‘lmaydi”. dedilar". Bayhaqiy rivoyati. عَنْ أَبِي حُمَيْدٍ السَّاعِدِيِّ ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ، قَالَ : " لا يَحِلُّ لامْرِئٍ أَنْ يَأْخُذَ عَصَا أَخِيهِ بَغَيْرِ طِيبِ نَفْسِهِ ، وَذَلِكَ لِشِدَّةِ مَا حَرَّمَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ مَالَ الْمُسْلِمِ عَلَى الْمُسْلِمِ " Abu Humayd Soidiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Biror kishiga birodarining ko‘ngildan chiqarib bermagan asosini olish ham halol bo‘lmaydi” dedilar". Ushbu hadislarga binoan majburlikdan, gohida qarz olib qilingan to‘y-ma’rakalarni taomini eyish ham halol bo‘lmaydi. Chunki bu ishni qiluvchining o‘zi ham savobni umid qilmaydi. Balki farzandini ta’na-dashnom eshitishi, odamlarning gap-so‘zidan qo‘rqqanlaridan uchungina qiladilar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:15 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom