Juma namozini boshqa qavm bilan o‘qish
Assalomu alaykum! Men kichikrok shaharda, ya’ni shaharchada yashayman. Bizning shaharchamizda 2 ta masjid bor. Ikkilasida ham juma namozi o‘qiladi. Menga yaqinrog‘i kattaroq, u erda bizning mahalladoshlar va mahalla ahllari kundalik namozlarini o‘qishadi. Men ham kundalik namozlarimni o‘sha masjidda o‘qiyman. Ya’ni men o‘sha katta masjid qavmi hisoblanaman. Ikkinchisi kichikroq, boshqa mahallada joylashgan. U erda asosan faqat o‘sha mahalla ahlidan iborat qavm juma namozini o‘qishadi. Juma kunlari bizning masjidga juda qo‘p odam keladi, masjid to‘lib ko‘pchilik tashqarida qoladi. Ayniqsa yozning jaziramasida ochiqlikda namoz o‘qish ancha malol keladi ochig‘i. Avtomashinani qo‘yish uchun ham yaqin atrofda umuman joy ham qolmaydi, mashinamni uzoqroq joyga qo‘yib kiraman odatda. Bir kun juma boshqa mahalladagi do‘stim uning mahallasidagi o‘sha masjidda juma namozini o‘qishga to‘g‘ri kelib qoldi. Uning mahallasida bizdan 2 km uzoqda xolos. Borsam ularning masjidida juma kuni bo‘lishiga qaramasdan masjidning yarmi ham to‘lmagan, odamlar soyada namoz o‘qishyapti, avtomashinalarni ham salqin joyga qo‘yib masjidga kirishyapti. Keyingi juma kuni sal kech qolib namoz vaqti yaqinlashganda o‘zimizni masjidga bordim, mashinamni birovga halal qilmaydigan qilib joylashtirib, o‘zim masjidga kirib joylashgunimcha ancha vaqt o‘tib ketishini o‘ylab yana o‘sha boshqa mahalladagi kichikroq masjidga borib o‘qidim. Shundan keyin juma namozlarini ko‘pincha o‘sha masjidda o‘qishga odatlandim. Chunki menga o‘sha erda o‘qish qulay bo‘lyapti. Savolim, meni juma namozlarini boshqa masjid qavmi bilan o‘qishimda qusur yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!
27 Oktabr 2023, 19:13 | Savol-javoblar | 0 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!
27 Oktabr 2023, 19:13 | Savol-javoblar | 0 | Namoz