Iso alayhissalomning yoshlari haqida

Assalomu alaykum! Iso alayxissalomga necha yil umr berilgan? 33 yoshlarida osmonga ko‘tarilganlar. Yana qiyomatga yaqin er yuziga tushib, 40 yil yashar ekanlar. Oradan minglab yillar o‘tib ketgani hisobga kirmaydimi? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qirq yil bu dunyoda yashashlariga tegishlidir. Hozirgi holatlari g‘ayb olami hisoblanadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:16 | Savol-javoblar | 177 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar