Aqli noraso talaba
Assalomu alaykum! Rahmatli shayx Hazratlarining ishlarini davom ettirayotganingiz uchun va bizlarga turli masalalarni tushinishimizga yordamingiz uchun rahmat. Rahmatli Shayximizga bir nechta savollarim bor edi, afsuski so‘rab qolishga ulgurolmadim. Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin. Hozirgi savolim esa shu kunlarda meni qiyin vaziyatga solgan muammo haqida. Oliy ta’limda o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Bir talaba qiz bor, 2-kurs, aqlan noraso desak bo‘ladi. Darslarda umuman gapirmaydi, savol so‘rasa asabiylashadi, boshi og‘riyotganini aytib, partaga boshini qo‘yib oladi. Oilasidagilar kelib qizga qiyin savol bermaslikni iltimos qilishadi. Fanimdan baxo olmagani tufayli kuzgi vedmostga qoldirildi, lekin oxirgi vedmostda ham baxo olmasa talabalar safidan chetlatilishi kerak. Boshqa ko‘pgina fanlarni baxosini olgan. Men sababli bir qiz o‘qishdan xaydalishiga ham bir tomondan onasiga achinaman. Qizning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilib, ahvoli og‘irlashishidan qo‘rqaman. Lekin baxo qo‘ysam, o‘qishni davom ettirishi ham adolatsizlik. «Bir inson qarg‘ishiga qolmang, sizdan nima ketdi, amallab 3 qo‘yib bering, o‘qib yuraversin» deb menga aql o‘rgatishadi. Nima yo‘l tutsam to‘g‘ri bo‘ladi? Ota-onalarga ham nasihat qilishingizni iltimos qilaman. Farzandlari ruhiy kasal ekanligini yashirishga urinib, diplom olib berib, go‘yoki farzandlarini «oliy ma’lumotli» qilib, turmush qurayotganda ham kasalini yashirish ham yolg‘on ekanligini, yana bir oilani aldab u tarafning ham xayotini do‘zaxga aylantirish, buning javobi borligini tushintirsangizlar. Qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr so‘rayman. Javobingizga oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن عمر رضي الله عنه ومن تزين بما ليس فيه شانه الله Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Kim o‘zida yo‘q narsa bilan ziynatlansa, Alloh uni sharmanda qiladi". عنْ أَسْمَاءَ رضي الله عنها أَنَّ امْرَأَةً قَالَتْ: يَا رَسُولَ اللَّهِ! إِنَّ لِي ضَرَّةً؛ فَهَلْ عَلَيَّ جُنَاحٌ إِنْ تَشَبَّعْتُ مِنْ زَوْجِي غَيْرَ الَّذِي يُعْطِينِي؟ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: الْمُتَشَبِّعُ بِمَا لَمْ يُعْطَ كَلَابِسِ ثَوْبَيْ زُورٍ متفق عليه Asmo roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "Bir ayol : “Ey Allohning rasuli mening kundoshim bor. Agar erim bermaganini o‘zimcha bergan ko‘rsatsam menga gunoh bo‘ladimi?” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “O‘ziga berilmagan narsani berilgan qilib ko‘rsatuvchi kishi zuur(firib)ning ikki kiyimini kiyib olgan kishi kabidir” dedilar". (Muttafaqun alayh). Ushbu hadisning sharhida ulamolar : “Bu narsa kundoshi bor ayolga xos emas, balki birovning narsasini o‘ziniki qilib faxrlanuvchi, o‘zini nasabi oliylarga nisbat beruvchi, ilmsiz bo‘laturib o‘zini ilmli qilib ko‘rsatuvchi, taqvosiz bo‘laturib taqvodorlikni da’vo qiluvchi, fazilatni kasb qilmay turib, o‘zini o‘sha fazilat sohibi qilib ko‘rsatuvchi, bir kasbning egasi bo‘lmasdan turib egasi ekanlikni da’vo qiluvchilarga ham tegishlidir” deganlar. Ba’zi sahoba roziyallohu anhumlar : “Alloh taolodan munofiqlik xushu’sidan panox so‘rayman” der edilar. Ulardan “Munofiqlik xushu’si nima” deb so‘ralganida, “Tashqi ko‘rinishing xushu’-xuzu’li va sipo ko‘rinib, qalbing uning aksi bo‘lishidir” deganlar. Munofiqlikning asl o‘zagi, kishi odamlar ko‘ziga qalbida bo‘lmagan iymon bilan o‘zini ziynatli qilib ko‘rsatishidir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:16 | Savol-javoblar | 147 | Ta’lim va muta’allim