Ayollarning masjid ziyorati
Assalomu alaykum! Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin. Bugun Hayit munosabati bilan oilaviy «Minor» masjidini ziyoratiga borgan edik, meni taajublantirgan bir holat bo‘yicha aniqlik kiritib olmoqchi edim. «Minor» masjidning namoz o‘qiladigan qismiga-ichkarisiga faqat erkaklar kirishi mumkin, ammo ayollar eshikkacha kelishib, ichkariga kirmasdan tomosha qilishlari mumkin ekan va hatto kichkina to‘siq ham qo‘yib qo‘yilgan. Masjid xodimlariga murojaat qilganimizda shariatimizda ayollarning masjidga kirishiga ruxsat yo‘q deyishdi. Savolim: Ayol va qizlarimiz Ramazon va Qurbon Hayitlarida jamoat namozi o‘qilmayotgan paytda masjidning ich qismlariga kirib ziyorat qilishlari mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hayz, nifos va janobatdan pok bo‘lsalar masjidga kirishlarining zarari yo‘q. Jamoatga qatnashishlarining makruhligi alohida masala. Masjid mutasaddilari ayollarni qay biri pok yoki qay biri nopokligini surishtirib o‘tirishdan hijolat bo‘lgan bo‘lsalar kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:17 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar