Spam
Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar, bunday savol berilgan bo‘lsa kerak deb izlash xizmatidan qidirdim, lekin topolmadim. Telefonimizga do‘stlar, qarindosh, tanish-bilish va umuman begonalardan ham islomiy spamlar keladi. Unda «Fotiha» yoki «Ixlos» surasi yozilgan bo‘lib, buni 7 kishiga junating shunda Alloh sizni doim panoxida asraydi, agar bu Allohning so‘zlarini beparvolik qilib, junatmasangiz 3 kundan keyin yomon fojea bo‘ladi yoki boshqalarida butun umr baxtsiz bo‘lasiz yana boshqasida onangiz o‘ladi deb kamiga yana «rost ekan» deb yozib jo‘natishadi. Umuman bularni jo‘natayotganlarning o‘ziga qanday javob qaytaraylik. Javob uchun oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Buni 7 kishiga jo‘nating, shunda Alloh sizni doim panoxida asraydi, agar bu Allohning so‘zlarini beparvolik qilib, jo‘natmasangiz 3 kundan keyin yomon fojea bo‘ladi yoki boshqalarida butun umr baxtsiz bo‘lasiz” kabi so‘zlar quruq safsatadan boshqa narsa emas. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=25232.0
26 May 2022, 12:17 | Savol-javoblar | 150 | Islam