Odam va Havvo
Assalomu alaykum! “Odam ato bilan Momo Havvoning ikkita o‘g‘li bor, undan ortiq farzandi yo‘q” deb qayd etilgan. Unda hozirgi odamlar qanday ko‘payishgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kitob va sunnatda Odam alayhissalomning o‘g‘illari faqat Qobil va Xobilgina bo‘lganligiga dalolat qiladigan narsa yo‘q. Balki ulamolar “Odam alayhissalomning farzandlari ko‘p bo‘lgan. Ibn Jarir Tobariy rahimahulloh “Havvo roziyallohu anho Odam alayhissalomdan egizak holda 120ta farzand ko‘rganlar” deganlar. Ibn Ishoqdan “Havvo Odam alayhissalomning pusht kamaridan 40 farzand tuqqanlar. 20tasi o‘g‘il, 20tasi qiz bo‘lgan” deganlar”. (Tarixul umam val muluuk). Hofiz ibn Kasir rahmatullohi alayh o‘zlarining “Al-Bidaya va-Annihaaya” kitoblarida : “Tarix ahli Odam alayhissalomning zurriyotlaridan 4000tasini ko‘rmagunicha vafot topmagan” deganlarini zikr qilgan. Shuningdek Ibn Jarir Tobariy rahmatullohi alayh : “Bugungi kundagi odam farzandining barchasining nasabi Shish alayhissalomga borib taqaladi. U zotdan boshqalarning nasllari davom etmagan” deganlar. (Tarixul umam val muluuk). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:17 | Savol-javoblar | 140 | Dolzarb savollar