Ribo xiylasi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, plastik karta xususidagi quyidagi savolga biroz tushunolmay qoldim. Iltimos, kengroq tushuntirib bersangizlar!
Iqtibos: «Plastik karta borasidagi savollarga bergan javoblaringizga aqlim etmagani uchun tushunmadim, shuning uchun yana savol bilan murojaat qilayapman. Agar plastikdan 30 so‘m echib olsam va uning egasiga 27 so‘m berishni o‘rniga 1$ bersam: 30 so‘m*0. 10%=27 so‘m=1$ (bunda dollarning narxi 1$=27 so‘m bo‘lsa) bo‘ladimi? Orada olib qolingan 3 so‘m ribo bo‘lmaydimi?
1 javob: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Ma’muriyat javob berdi 3 yil avval
— Bu pul almashtirish bo‘ladi va joizdir». Iqtibos tugadi.
Axir o‘sha kungi dollarning so‘mga nisbatan qiymati 1$=27so‘m bo‘lsayu, undan 30so‘m olinsa, bu ribo emasmi? Bu sarroflikning shariat ruhsat bergan qoidalariga zid emasmi? Yana bir bor iltimos, to‘liqroq tushuntirib o‘tsangizlar!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Zid emas. Aqlingiz etmayotgan bo‘lsa, Hazratimiz rahimahullohning fatvolariga amal qilib turavering, bir kun etib qoladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:19 | Savol-javoblar | 141 | Moliya va tijorat