Xolamni holati

Assalomu alaykum! Xolamni hayoti notekis bo‘lganligi, farzandsizligi uchun u meni kichikligimdan qarab katta qilgan, butunlay u bilan yurmaganman ammo 30,40 % ular bilan yurardim. to‘g‘risi xolam men kichikligimda bunga aqlim etmasdi ekan foxisha edi. Bir erkak bilan hozirgacha uchrashib turadi, undan bir farzandi ham bor,u xolam bilan turadi, hozirda xolam o‘zining qizlik uyida yashaydi,xolam uchrashib yuradigan erkakni uyidagilar bilishimcha xolam haqida bilishmaydi, endi bunday odamlarni bilasiz ko‘p urushishadi, xolam meni mahramim bo‘lgani uchun ba’zan u erkak xolamga o‘ldiraman deb taxdid qiladi, hech kim yo‘qligida uni kelib uradi, ba’zida esa yarashib qolishadi, to‘g‘risi nima qilishga xayronman, xolamga tahdid qilganda uni himoya qilmoqchi bo‘lib u erkak bilan tortishaman(ammo urmayman shar’an man etilgani uchun) ammo keyin ular yarashib olganda u erkak hech narsa bo‘lmagandek meni oldimga kelsa g‘alati bo‘laman, u erkak ba’zan hatto onam haqida ham kurakda turmaydigan gaplarni aytarkan(shaxsan o‘zimga aytmagan, boshqalardan eshitaman). nima qilishga lolman, himoya qilay desam xolamni o‘zida ham ayb bor, qilmay desam yana bo‘lmaydi. xolam dindan sha’riatdan butkul uzoq odam nasihatlarni umuman quloq solmaydi. chiroyli tushuntiray desam. iltimos shu holatda menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar ular nikohsiz yashashayotgan bo‘lishsa nikohlanib olishiga yordam bering. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 23:06 | Savol-javoblar | 175 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar