Shaytonni o‘g‘li 

Assalomu alaykum!Payg‘ambarimiz sollallohi alayhi va sallam va iblis suhbati haqida rivoyat eshitganman. O‘shanda IBLIS: meni bir o‘g‘lim bor uning ismi Kuxayildir vazifasi odamlarni ko‘zini surmalashdir. O‘sha ko‘ziga surma surilgan odamlar olimlar majlisida va imom hutba o‘qiyotganda uyqulari kelib ko‘zlarini ochib o‘tirishlari qiyin bo‘lib qoladi  natijada hech narsa eshitmaydilar va savobdan mahrum qoladilar. Har juma shu holatni kuzataman (bazan unday emas bazan). O‘zim bilan ham 2 yo 3 marta bo‘lgan. Ko‘pincha oldimda o‘tirgan odam shunaqa holatga tushib qoladi. Xatto bazilari hurrak otib yuborgan. Endi bu holatga qanday tushish mumkin va buni chorasi qanday biror duo yoki oyat o‘qib daf qilsa bo‘ladimi. Bu hamma uchun juda muhim. Javobingiz uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ulamolar siz keltirgan hadisni to‘qima ekanligini zikr qilganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:30 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar