5 ta Savol

Salamun alaykum shayh MuhammadSodiq MuhammadYusuf hazratlari !1-Savol: Banda o‘z ixtiyor- irodasini o‘zi yaratadimi? 2-Savol: Banda o‘z fe’lini o‘zi yaratadimi?Siz: Alloh yaratadi.- deb javob berdingiz,keyingi savollarim: ___________________________________________________________________1-Savol: Agar banda xarom ishni ixtiyor - iroda etib qilib, gunohkor bo‘lsa , o‘sha bandaning ixtiyorini Alloh yaratguvchisi bo‘lsa, so‘ngra Alloh gunohkorni azoblashiga qanday tushunamiz?2-Savol : Alloh ta’ola o‘z irodasi bilan barcha xaloyiq istasa ham istamasa ham “Qadar”ni yaratib va “Qazo” qildiriyapdimi?3-Savol: Banda o‘z xohish-irodasining xoliqi bo‘lmasa, va Alloh bandaning xohish-irodasini yaratguvchisi bo‘lsa, barcha narsa Allohdan bo‘lsa, ya’ni yaxshilik ham yomonlik ham Allohdan bo‘lsa, unda bu dunyoning imtihon eganligiga qanday tushunamiz?4-Savol: (Nahl surasi 35-oyati:) Shirk keltirganlar: << Agar Alloh xohlaganida,biz ham ,ota-bobolarimiz ham Undan o‘zga hech narsaga ibodat qilmas edik hamda Uning hukmisiz biron narsani harom qilmagan bo‘lar edik >>, dedilar.Ulardan oldingilar ham shunday qilganlar. Payg‘ambarlar zimmasida faqat ochiq-oydin etkazish bor, xolos.___ bu oyatni sharhlab bersangiz? 5-Savol: Bandaning xoxishi bilan Allohning xoxishi birmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Savolni bittadan bering. Umuman, bu masalada “Sunniy aqiydalar” kitobini va “Hadis va Hayot”ning ikkinchi juzini o‘qisangiz, boshqa masalalarni ham tushunib olasiz.

2 May 2022, 14:06 | Savol-javoblar | 161 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar