Yana ipak haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, qudrati cheksiz Alloh bizlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish borasida qilayotgan ishlaringizga baraka bersin. Erkak kishiga ipak matodan bo‘lgan kiyim kiyish haromligini sizlarning yordamingiz bilan o‘rgandik. Savolim quyidagicha: 2013-yilda kiyim do‘konidan shim xarid qilganman. Shimni nima matodan tikilganligiga qaraganimda, shimni birkasida matoning 10 foizi ipakdan, 90 foizi jundan deb yozib qo‘yilgan ekan. Lekin do‘kondagi sotuvchi aka kiysam bo‘laverishligini, chunki mato 100 foiz ipakdan emasligini, balki ipak matoning 10 foizini tashkil etishini aytgan edi. O‘sha shimni xarid qilib hozirga qadar to‘y marosimlarga kiyib turaman. Tabiiyki ba’zida shu shimda namoz o‘qishga ham to‘g‘ri keladi. Ushbu matosining 10 foizini ipak tashkil qiladigan shimni kiyishim joizmi? Joiz bo‘lmasa kafforoti qanday bo‘ladi. Ushbu shim kiyib o‘qilgan namozlarchi? Yordamlaringiz uchun Buyuk Alloh sizlardan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Erkak kishi ipak kiymaydi. Illo, to‘rt barmoq miqdoridagisi mustasno. Erkak kishiga ipak kiyish harom ekaniga dalil: عَنْ ابن عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُما، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ مَنْ لَبِسَ الْحَرِيرَ فِي الدُّنْيَا، لَمْ يَلْبَسْهُ فِي الْآخِرَةِ رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا أَبَا دَاوُدَ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim bu dunyoda ipak kiysa, oxiratda uni kiymas», dedilar».Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan. وَخَطَبَ عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ بِالْجَابِيَةِ، فَقَالَ نَهَى نَبِيُّ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم عَنْ لُبْسِ الْحَرِيرِ، إِلَّا مَوْضِعَ إِصْبَعَيْنِ أَوْ ثَلَاثٍ أَوْ أَرْبَعٍ رَوَاهُ الْخَمْسَةُ «Umar ibn Xattob Jobiyada xutba qildi va: «Nabiyulloh sollallohu alayhi vasallam ipak kiyishdan qaytardilar. Magar ikki, uch yoki to‘rt barmoq miqdoricha bo‘lsa, mayli», dedi».Beshovlari rivoyat qilishgan. Ushbu rivoyatdan kiyimga ipakdan yamoq solinsa, belgi uchun yuqorida zikr qilingan miqdorda ipak qo‘shilsa, joiz, degan hukm olingan. Bu gapga barcha mazhablar va ulamolar ittifoq qilganlar. Ipakdan yostiq va to‘shak qilsa bo‘ladi. Hanafiylar boshqa mazhablarga xilof ravishda, shoyi to‘shaklarga ijozat beradilar. «Chunki Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuning gilamlari ustiga tashlab qo‘yadigan yostiqlari ipakdan bo‘lgan. Ikkinchidan, ustiga chiqib o‘tirish o‘sha narsani xorlashdek gap», deydilar hanafiy ulamolar. Jonli narsalarning rasmi bor matodan kiyim kiyish harom, lekin o‘shandoq narsaning ustiga o‘tirish halol qilingan. Ipak masalasi ham xuddi shunga o‘xshaydi. Erkak kishi arqog‘i ibrisimdan (ipakdan), ko‘ndalangi boshqa narsadan bo‘lganni kiysa bo‘ladi. Buning dalili quyidagi rivoyatdan olingan: عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، قَالَ إِنَّمَا نَهَى رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم عَنِ الثَّوْبِ الْمُصْمَتِ مِنَ الْحَرِيرِ، فَأَمَّا الْعَلَمُ مِنَ الْحَرِيرِ، وَسُدَى الثَّوْبِ، فَلَا بَأْسَ بِهِ رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالْحَاكِمُ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sof ipakdan bo‘lgan kiyimdan qaytarganlar, xolos. Ammo belgi uchun yoki uzun arqoq(matoni to‘qilayotgan vaqtdagi bo‘yiga tortilgan iplar) uchun ipak ishlatilgan bo‘lsa, hech gap emas».Abu Dovud va Hokim rivoyat qilishgan. Bu rivoyatdan esa kiyimlik mato to‘qish paytida uzun tarafiga ishlatiladigan arqoqning ba’zisi ipakdan qilinsa joizligi kelib chiqmoqda. Chunki bunda ishlatiladigan ipakning miqdori juda ham oz bo‘ladi. Ammo ko‘ndalangiga ishlatib bo‘lmaydi, chunki u holda ipak ko‘payib ketadi. Aksinchasi faqat urushda bo‘lishi mumkin. Ya’ni ko‘ndalangi ipak, arqog‘i boshqa narsadan bo‘lgan matodan tikilgan kiyimni urushdagina kiyishga ruxsat bor. رَوَى ابْنُ عَدِيٍّ فِي كَامِلِهِ، عَنِ الْحَكَمِ بْنِ عُمَيْرٍ وَكَانَ مِنْ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ رَخَّصَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فِي لِبَاسِ الْحَرِيرِ عِنْدَ الْقِتَالِ Ibn Adiy «Komil»ida Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan bo‘lgan Hakam ibn Umayrdan ushbu rivoyatni keltiradi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam urushda ipak kiyim kiyishga ruxsat berdilar», degan. Yosh bolaga tilla va ipak kiydirish makruhdir. O‘g‘il bolalar chinakam erkak bo‘lib o‘sishlari lozim. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:44 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom