Tuz tanovvul qilish sunnatmi?

Assalomu alaykum! Bir tanishimiz ovqatlanishdan oldin va ovqat eb bo‘lganidan keyin tuz tanovvul qilishni odat qilgan. Bizga xam shunday qilishimizni va bu sunnat ekanligini ta’kidladi. Aytingchi ovqatdan oldin va keyin tuz tanovvul qilish sunnatmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ ، قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : " ثَلاثُ لُقْمَاتٍ بِالْمِلْحِ قَبْلَ الطَّعَامِ وَثَلاثٌ بَعْدَ الطَّعَامِ تُصْرَفُ بِهِنَّ عَنِ ابْنِ آدَمَ اثْنَانِ وَسَبْعُونَ نَوْعًا مِنَ الْبَلاءِ ، مِنْهَا الْجُنُونُ ، وَالْجُذَامُ ، وَالْبَرَصُ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Taomdan oldingi va taomdan keyingi tuz bilan bo‘lgan uch luqma odam farzandidan baloning 72 navini daf qiladi. Ulardan ba’zisi jinnilik, maxovlik va peslik” dedilar". Bu hadis borasida ulamolar turlicha fikrni aytganlar. Ba’zilari zaif desalar, ba’zilari to‘qima deganlar. Shunga ko‘ra buni sunnat deyish qiyin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:46 | Savol-javoblar | 166 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar