Savdodagi ustama foyda
Assalomu alaykum! Men muzqaymoq sotish bilan shug‘ullanaman. Menga 1 kg muzqaymoq 38.000 so‘mdan beriladi. men el qatori standart 1 kg muzqaymoqni 70.000 dan sotaman. savolim shuki. men ko‘proq gramga sotaman yani 100 gram muzqaymoq 7.000 so‘m kop xaridorlar 5.000 so‘m lik olishadi men bunda tarozidan foydalangan xolda 60-70 gram solib beraman. Ko‘proq foyda qolishi o‘chun 60 gram beraman. Aniqroq savol men sotib olgan narsamni (vaziyatimdan kelib chiqqan xolda) qimmatroq narx qo‘yishim joizmi? Insof qilgan xolda. chunki maxsus aravachada 20-15 km yurib sotishimga to‘g‘ri keladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatda sotayotgan narsasidan qancha foyda ko‘rish tayin qilingan?Javob: Shariatda sotuvchi sotiladigan molni shunchaga sotsin yoki sotmasin deb tayin qilmagan. Lekin, odamlarga zulm etadigan darajada haddan ziyod qimmat qilib sotish ham joiz emas. Shuning uchun urfdagi qiymatdan ortiq bahoga sotish joiz emas.عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، قَالَ: غَلَا السِّعْرُ عَلَى عَهْدِ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَقَالُوا: يَا رَسُولَ اللَّهِ سَعِّرْ لَنَا، فَقَالَ: "إنَّ اللَّهَ هُوَ الْمُسَعِّرُ، إنِّي لَأَرْجُو اللَّهَ أَنْ أَلْقَاهُ، وَلَيْسَ أَحَدٌ مِنْكُمْ يُطَالِبُنِي بِمَظْلِمَةٍ فِي دِينٍ، وَلَا دُنْيَا".Abu Sa’iyd al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida narx qimmatlab ketib, odamlar: “Ey, Allohning rasuli narxni bizga belgilab bering” dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Narxni belgilovchi Allohdir. Men din va dunyoyim borasida biror kishi mendan haqqini talab qilmagan holatda Allohga yo‘liqishni xohlayman” dedilar”.
Tabaroniy rivoyati.إنْ غَرَّهُ أَيْ غَرَّ الْمُشْتَرِي الْبَائِعَ أَوْ بِالْعَكْسِ أَوْ غَرَّهُ الدَّلَّالُ فَلَهُ الرَّدُّ وَإِلَّا لَا وَبِهِ أَفْتَى صَدْرُ الْإِسْلَامِ وَغَيْرُهُ.“Xaridor sotuvchini yoki sotuvchi xaridorni yoki dallol aldasa, aldangan kishiga narsasini qaytarish haqqi bor. Agar aldanmasa, qaytarishga haqqi yo‘q. Sodrul islom va boshqalar shunga fatvo berganlar” (Raddul muhtor).Savol: Xaridorlarning ba’zisiga arzon, ba’zisiga qimmat sotsa bo‘ladimi?
Javob: Sotuvchi xohlagan kishisiga arzon va xohlagan kishisiga qimmat sotishi mumkin.وَأَمَّا إذَا بَاعَ بِكَذَا مِنْ الثَّمَنِ وَقَبِلَ الْمُشْتَرِي ثُمَّ أَبْرَأَهُ مِنْ الثَّمَنِ أَوْ وَهَبَهُ أَوْ تَصَدَّقَ عَلَيْهِ صَحَّ “Falon narxga sotsa va xaridor qabul qilsa, so‘ng sotuvchi narxdan qanchasinidir kechsa yoki hiba qilsa yoki sadaqa qilsa durust bo‘ladi” (Fatvoi hindiya). Vallohu a’lam!
5 Oktabr 2023, 18:59 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat